Murodjon Ahmadaliyev meksikalik raqibini nokautga uchratdi

Sport

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev meksikalik Kevin Gonsalesga qarshi jang qildi.

Murodjon Ahmadaliyev meksikalik raqibini nokautga uchratdi
Jangda ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida WBA va IBF yo‘nalishlarida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev muddatidan ilgari g‘alaba qozondi.

AQShning Arizona shtatida joylashgan “Desert Diamond” arenasida tashkil etildigan boks oqshomi 8-raundda o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘zbekistonlik bokschi 6 raundda raqibini ikki marta nokdaun holatiga tushirdi. Sakkizinchi raundda esa ikki marta yerga qulatib, nokaut qildi.

Murodjon Ahmadaliyev bundan oldin faoliyatida 12 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing