Mazut yoqilg‘i sifatida taqiqlanadi: ekologik barqarorlikning yangi choralari

O'zbekiston

Toshkent shahrida va unga yondosh hududlarda 2030 yildan boshlab korxonalarga muzut yoqilg‘i sifatida ishlatilishi taqiqlanadi. Bu qaror O‘zbekistonning ekologik barqarorlikni ta'minlash bo‘yicha qabul qilingan choralari doirasida qabul qilindi.

Mazut yoqilg‘i sifatida taqiqlanadi: ekologik barqarorlikning yangi choralari
Qarorga ko‘ra, 2025-2030 yillarda Toshkent shahrida va uning atrofidagi 441 gektar maydonda “yashil belbog‘” va “yashil bog‘lar” barpo etiladi. Ushbu loyihalar havo sifati va ekologiyani yaxshilashga qaratilgan.

Bundan tashqari, 1200 dan ortiq issiqxonalarda ko‘mir yoqilg‘isining zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida chang va gazni tozalovchi uskunalar o‘rnatiladi hamda ushbu uskunalar uchun subsidiya ajratish mexanizmi joriy etiladi.

2028 yildan boshlab esa, “Euro-4” standartidan past ekologik toifaga ega bo‘lgan motor yoqilg‘ilarini ishlatish va sotish bosqichma-bosqich cheklanadi. Ushbu chora ekologik tozalikni oshirishga yordam beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing