Myanma va Tailandda kuchli zilzila sodir bo'ldi

Dunyo

Myanmada 7,7 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. 12 daqiqadan so‘ng yana 6,4 balli zilzila sodir bo‘ldi. Tailand hukumati favqulodda holat e'lon qildi. Mamlakatning barcha aeroportlarida faoliyat to‘xtatildi. Vayronalar ostida bir necha o‘nlab ishchilar qolib ketgan.

Myanma va Tailandda kuchli zilzila sodir bo'ldi
Zilzila epitsentri Sagaing shahridan shimoli-g‘arbda joylashgan. Myanmaning sobiq poytaxti Yangon shahri aholisining aytishicha, odamlar vahima ichida uylaridan ko‘chaga yugurib chiqishgan.

Ommaviy axborot vositalari Myanmada sezilarli vayronagarchiliklar haqida xabar bermoqda. Sikaingni Ava shahri bilan bog‘lovchi Irravadi daryosi orqali o‘tuvchi ko‘prik qulab tushdi.

Tailand poytaxti Bangkokda vayronagarchiliklar haqida xabarlar bor, u yerda ham silkinishlar zilzila epitsentridan deyarli 1400 km uzoqlikda sezilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda qurilishi tugallanmagan osmono‘par binoning qulashi aks etgan video tarqalmoqda. AFP xabariga ko‘ra, vayronalar ostida bir necha o‘nlab ishchilar qolib ketgan.

Tailand hukumati favqulodda holat e'lon qildi. Mamlakatning barcha aeroportlarida faoliyat to‘xtatildi.

Axborot agentliklariga ko‘ra, yer silkinishlari Bangladesh, Hindiston, Laos va Xitoyda ham sezilgan. Qurbonlar haqida aniq ma'lumotlar hozircha keltirilmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing