Dunyoning eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlari e’lon qilindi

Siyosat

“Forbes” jurnali tomonidan eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlari haqida ma’lumotlar e’lon qilindi. Singapur Bosh vaziri Lorens Vong hozirda eng yuqori maoshga ega yetakchi hisoblanadi.

Dunyoning eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlari e’lon qilindi
Nashrga ko‘ra, Singapur Bosh vazirining yillik maoshi 1,69 million dollarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich unga dunyodagi eng boy davlat rahbari maqomini bergan. Shveysariya Prezidenti Violu Amxerdning yillik maoshi esa 570 ming dollar bo‘lib, u ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaniz uchinchi, AQSh Prezidenti Jo Bayden esa to‘rtinchi o‘rinda turadi. Irlandiya Bosh vaziri Saymon Xarris esa eng boy yetakchilar ro‘yxatini yakunlab, o‘ninchi o‘rinni egallagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing