Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya parlamenti va hukumatida uchrashuvlar o‘tkazdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya parlamenti va hukumatida uchrashuvlar o‘tkazdi
Parlament quyi palatasi spikeri Lindsi Xoyl bilan uchrashuv chog‘ida tomonlar Markaziy Osiyo bo‘yicha parlamentlararo muloqotni rivojlantirish uchun yangi platforma bo‘ladigan Barcha partiyalar guruhini tashkil etish tashabbusini muhokama qildilar. Saida Mirziyoyeva guruh delegatsiyasini O‘zbekistonga taklif qildi.

Uchrashuv yakunida janob Xoyl o‘zbek delegatsiyasiga Buyuk Britaniya parlamentining ko‘p asrlik tarixga ega binosi bo‘ylab ekskursiya o‘tkazdi.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya Bosh vazirining investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Varun Chandra bilan ham uchrashdi.

Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari va O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar borasida fikr almashdilar. Varun Chandra O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiya muhitini yaxshilash yo‘nalishidagi islohotlarni katta qiziqish bilan kuzatayotganini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganidek, erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq muddatli va amaliy hamkorlik uchun mustahkam asos yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva rasmiy kanalidan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing