Namangan biznes va turizm markaziga aylantiriladi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 sentabr kuni Uychi tumanida yig‘ilish o‘tkazib, Namangan viloyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
So‘nggi 8 yilda viloyatga 7 mlrd dollar investitsiya jalb qilindi, deyarli 8 ming korxona tashkil etildi, eksport turlari mingdan oshdi. Aholi daromadi 3 barobarga oshdi, kambag‘allik darajasi esa 2,5 barobar kamaydi.
Yil oxirigacha yana 4,2 mlrd dollar investitsiya, 1 mlrd dollarlik eksport, 323 ming ish o‘rni va 26 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilmoqda.
Asosiy e’tibor to‘qimachilik sanoatiga qaratildi: yil yakunida eksport 500 mln dollarga yetadi, 2 yil ichida 1 mlrd dollarlik 25 loyiha ishga tushadi. Varshava va Londonda savdo uylari ochiladi, xalqaro sertifikatli korxonalar soni 50 taga yetkaziladi.
Turizm bo‘yicha ham katta reja: Chartak to‘liq yil davomida ishlaydigan markazga aylantiriladi, suv omborlari atrofida dam olish maskanlari quriladi, Pap tumanida yiliga 1 mln sayyoh qabul qila oladigan markaz barpo etiladi. Tarmoq daromadlari allaqachon 200 mln dollarni oshdi.
Prezident ijtimoiy infratuzilma bo‘yicha topshiriqlar berdi:
Narin va Qoradaryo ustida ko‘priklar qurish, “Pungon–Namangan” yo‘lini kengaytirish ($246 mln);
130 km suv va kanalizatsiya tarmoqlarini yangilash;
20 minggacha bolalar bog‘chasi o‘rni yaratish;
49 ta texnikumda dual ta’limni joriy etish;
ehtiyojmandlarga ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish.
– Tashabbuskor va mehnatsevar namanganliklar bilan viloyatni eng obod va farovon hududlardan biriga aylantiramiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Powered by Froala Editor