Namanganda agrosanoat jadal rivojlanmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston agrosanoat sohasida jadal islohotlar olib boryapti. Ayniqsa, meva-sabzavotchilik va uzumchilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlab, O‘zbekistonni jahon bozorida muhim o‘ringa olib chiqmoqda.
Prezidentning 2024-yil 30-sentyabr kuni qabul qilingan farmoni asosida, agrosanoat majmuasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish va intensiv sanoat bog‘lari hamda uzumzorlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, 2024–2025-yillarda 43,2 ming gektar maydonda zamonaviy bog‘ va uzumzorlar barpo etilishi belgilangan. Bu ishlarning 21,8 ming gektari tog‘ oldi va tepalik hududlarda, unumsiz eski bog‘lar o‘rnida tashkil etiladi.
Mazkur tashabbusni amalga oshirish uchun Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan bir qator hududlarda samarali loyihalar ishlab chiqilmoqda. Namangan viloyatining Pop tumanidagi “Sadoqat” massivida tashkil etilgan sanoat bog‘i bu boradagi yutuqlardan biridir. Ushbu bog‘ asosida tashkil etilgan press-turda jurnalistlar zamonaviy agrotexnologiyalar, tomchilatib sug‘orish tizimi va yuqori hosildorlikka ega ko‘chatlar bilan tanishdilar.
Agentlik direktori Nurali Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha 14 ming gektar intensiv bog‘ va uzumzorlar yaratilgan bo‘lsa, 2025-yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkich yana 29 ming gektarga oshadi. Ushbu loyihalarda Yevropa mamlakatlaridan keltirilgan iqlimga mos ko‘chatlar ekilmoqda. Ayniqsa, suv tejovchi texnologiyalar — tomchilatib sug‘orish tizimi yordamida suv sarfi besh baravarga kamaytirilgan.
Shuningdek, katta sig‘imli suv omborlarining qurilishi suv ta’minotini yanada barqaror qiladi. 2025-yilda tog‘ oldi zonalarida 202 ta xo‘jalik subyekti tomonidan 3,4 ming gektar yerda yangi bog‘ va uzumzorlar barpo etilishi rejalashtirilgan.
Xorijlik ekspertlar ham O‘zbekiston tajribasini yuqori baholamoqda. Jumladan, turkiyalik tajribali agronom Qodir Gochar O‘zbekistonda bog‘dorchilik sohasidagi yutuqlarni e’tirof etar ekan, shunday deydi: “Turkiyada bu ko‘rsatkich 1000–2000 gektarni tashkil qilsa, O‘zbekistonda u 10 ming gektarga yetmoqda. Bu – jahon miqyosidagi yirik natija.”
O‘zbekistonning bu kabi loyihalari nafaqat eksport hajmini oshiradi, balki importga qaramlikni kamaytirib, ichki bozorda sifatli meva mahsulotlarini arzon narxlarda ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib qoladi.

Powered by Froala Editor