Namanganning Qumtepa mahallasida Tadbirkorlarga ko‘maklashish markazi tashkil etildi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog’ida Uychi tumanidagi “Qumtepa” yoshlar kichik sanoat zonasida bo‘ldi.

Namanganning Qumtepa mahallasida Tadbirkorlarga ko‘maklashish markazi tashkil etildi
Uychi tumanidagi Qumtepa, Dehqon, Balandariq va Jiydakapa mahallalarida temirchilik shunday yo‘nalish.

2021-yilda bu yerda temirchilikka ixtisoslashgan sanoat zonasi tashkil etilib, xonadonlardagi usta-hunarmandlarga zarur sharoitlar yaratib berildi. Uch gektar maydonni egallagan majmua yo‘l, energiya, ichimlik va oqova suv kabi barcha infratuzilma bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, energiya tejamkor usullar joriy etilib, quyosh panellaridan samarali foydalanilmoqda.

Sanoat zonasida birinchi bosqichda 52 ta loyiha amalga oshirilib, 1 ming 500 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

Ikkinchi bosqichda yana 45 ta loyihani amalga oshirish, 1 ming 330 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

«Ishsizlarga tomorqadan daromad topish, o‘z ishini ochish, qobiliyatini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish kerak», — dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari Qumtepa mahallasi markazida ham bo‘lib, aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bu yil mahalla qiyofasi yaxshilandi. Mahalla idorasi uchun yangi bino qurildi. Barcha xonadonlar ichimlik suvi ta’minotiga ulandi. Ichki yo‘llar, elektr tarmoqlari ta’mirlandi. “Yashil makon” dasturi doirasida yo‘l bo‘ylariga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Yangi mahalla binosida Tadbirkorlarga ko‘maklashish markazi ham tashkil etildi. Bu yerda aholi va tadbirkorlar ayrim davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Prezident buni ma’qullab, davlat idoralari bilan bog‘liq masalalarni iloji boricha mahallalarning o‘zida hal etish zarurligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing