Napoleonning shlyapasi auksionda rekord narxda sotildi
Dunyo
Shlyapani imperator 1815-yilda Elba orolidan surgundan qochayotganida “Inconstant” kemasi bortida kiygan.
Fransiyaning birinchi imperatori Napoleon I Bonapart kiygan ikkiburchakli shlyapa Fontenblodagi kimoshdi savdosida qariyb 2 million yevroga sotildi. Bu haqda Osenat auksion uyi xabar berdi.
“Ko‘p takliflardan so‘ng Imperator Napoleonning shlyapasi 1 932 000 yevroga o‘z xaridorini topdi”, deyiladi tashkilotchilar bayonotida.
Ular, shuningdek, bu Napoleon Bonapart bilan bog'liq to'plamdagi lot uchun rekord miqdor ekanligini ochiqlagan.
Ta’kidlanishicha, aynan mana shu ikki burchakli shlyapani imperator 1815-yilda Elba orolidan surgundan qochayotganida “Inconstant” kemasi bortida kiygan.

Powered by Froala Editor