NATO: Agar mudofaa xarajatlari oshirilmasa, rus tilini o‘rganishga yoki Yangi Zelandiyaga ko‘chib ketishga to'g'ri keladi
Dunyo
NATOning yangi bosh kotibi Mark Rutte Rutte ochiqchasiga Rossiyadan qo'rqish kerakligini, har bir a’zo davlatning o'zligini anglatuvchi, ona tilini yo'qotmaslik uchun ogohlikka da'vat etdi. "Biz hozir xavfsizmiz, lekin to‘rt-besh yildan keyin bunga kafolat yo‘q. Agar mudofaa xarajatlari oshirilmasa, rus tilini o‘rganishga yoki Yangi Zelandiyaga ko‘chib ketishga tayyorlaning", dedi.
Rutte shuningdek, Yevropa davlatlarini mudofaa byudjetlarini oshirish uchun ijtimoiy sohadagi xarajatlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. U Rossiya, Eron, Xitoy kabi tahdidlar va kiberhujumlar bilan kurashish uchun NATO va Yevropa Ittifoqi hamkorligini mustahkamlash zarurligini ta'kidladi.
Hozirda NATOga a’zo davlatlardan 24 tasi mudofaa uchun YaIMning kamida 2 foizini sarflamoqda. Ammo AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bu ko‘rsatkichni 5 foizgacha oshirishni talab qilmoqda. Rutte, qo‘shma xaridlar va texnologik innovatsiyalar hisobiga xarajatlarni bir oz kamaytirish mumkinligini aytdi, lekin yakuniy maqsad 3,6–3,7 foizni tashkil qilishi mumkinligini ogohlantirdi.
Rutte Yevropaning mudofaa masalalarida AQShdan mustaqil bo‘lishi "xomxayol" ekanligini ta’kidladi va Yevropaning o‘z mudofaa sanoatini kuchaytirish muhimligini qayd etdi. U Yevropa Mudofaa Sanoati Dasturini (EDIP) maqtadi va Yevropa mudofaa sanoatini "juda kichik, bo‘lingan va sekin" deb ta’rifladi.
Rutte shuningdek, EDIP doirasida Yevropa bo‘lmagan ittifoqchilarni ham jalb qilish muhimligini aytdi. "Yevropa davlatlari pensiyalar, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot tizimlariga milliy daromadlarining chorak qismini sarflaydi. Mudofaani kuchaytirish uchun shundan kichik bir qismini ajratish yetarli," dedi.
Rutte, Ukraina masalasida tinchlik faqat Kiyev manfaatlarini hisobga oluvchi kelishuv orqali amalga oshishi kerakligini qo‘shimcha qildi. "Ko‘proq qurol va tezroq yetkazib berish zarur," deya NATO a'zolarini urushga qo'shimcha yordam berishga chorladi.

Powered by Froala Editor