NATO: Rossiya kosmosda urush boshlashi mumkin

Dunyo

NATO bosh kotibi Rutte so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kosmik sun'iy yo‘ldoshlar ustidan yadroviy qurolni qo‘llashi mumkin. Unga ko‘ra, alyans a'zolariga kosmik makonda yangi chaqiriqlarga tayyor bo‘lish zarur.

NATO: Rossiya kosmosda urush boshlashi mumkin
NATO, kelajakda Rossiya kosmosda urush olib borishi va shu bilan birga sun'iy yo‘ldoshlar ustidan yadroviy qurol ishlatishi mumkinligidan xavotirda. "Bizga Rossiyaning kosmosda yadroviy qurol joylashtirishni ko‘rib chiqishi haqida xabarlar kelib tushgan", - deydi NATO bosh kotibi Mark Rutte Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida. 12-aprel kuni Reuters agentligi bu intervyuning qismlarini chop etdi.

Hozirda Moskvaning kosmosdagi imkoniyatlari eskirganini va G‘arb darajasiga mos kelmasligini ta'kidladi. "Shu sababli, kosmosda yadroviy qurolni rivojlantirish - bu Rossiyaning o‘z salohiyatini kuchaytirish usulidir. Bu jiddiy xavotirni keltirib chiqaradi va 1967-yildagi Kosmos to‘g‘risidagi shartnoma buzilishiga olib kelishi mumkin", - dedi NATO bosh kotibi Rutte.

Mark Rutte, NATO mamlakatlari kosmosdagi yangi chaqiriqlarga tayyorlanayotganini, razvedka axboroti almashib, milliy kosmik qo‘mondonliklarni tashkil etib, kichikroq, harakatchan va himoyalangan sun'iy yo‘ldoshlar ishlab chiqilayotganini bildirdi. Kosmos NATOning turg‘unlikni saqlash va mudofaa qilish uchun katta ahamiyatga ega, dedi u.

Rutte, shuningdek, Arktikada kuzatuvni kengaytirish haqida birinchi marta e'lon qildi. "Biz Xitoy va Rossiyaning Arktikaning ayrim qismlarini harbiylashtirib, yangi dengiz yo‘llaridan tobora ko‘proq foydalanayotganini ko‘ryapmiz. Sun'iy yo‘ldoshlar bizga yer va dengizdagi harakatlarni kuzatishda yordam beradi hamda bizning qo‘shinlarimiz uchun ishonchli va himoyalangan aloqani ta'minlaydi", - deydi u.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing