Netanyahu XAMASni "yangi natsistlar" deb atadi
Dunyo
“Holokost qurbonlarini eslash” Xalqaro kunida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu barcha sivilizatsiyalashgan davlatlarni antisemitizmga qarshi turishga chaqirdi. U falastinlik radikal harakat XAMASni "yangi natsistlar" deb atadi. Bu haqida, Bosh vazirning tegishli bayonoti uning matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.
Netanyahuning so'zlariga ko'ra, "XAMAS - bu yangi natsistlar, va biz ularni bir marta va abadiy yengishga qaror qildik", "Yahudiy davlati har doim dunyo bo'ylab yahudiylar uchun boshpana bo'lib qoladi".
"Holokost qurbonlarini eslash - Xalqaro kunida men barcha sivilizatsiyalashgan davlatlarni antisemitizmga qarshi kurashishga chaqiraman, u qayerda namoyon bo'lishidan qat'i nazar - universitetlarda, shahar ko'chalarida yoki xalqaro tashkilotlarda, masalan, XHT (Xalqaro Jinoyat Sudi)", - deb qo'shimcha qildi Isroil Bosh vaziri.
Uning so'zlariga ko'ra, "XHT o'zini Isroilga nisbatan antisemitizm hujumlari bilan sharmanda qildi".
Ma'lumot o'rnida, BMT Bosh Assambleyasining 2005-yil 1-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, Holokost qurbonlarini eslashning Xalqaro kuni har yili 27-yanvar kuni nishonlanadi. Ushbu kunda 1945-yilda Qizil Armiya Polshadagi Oshvits-Birkenau (Osvençim) kontsentratsiya lagerida asirlikda bo'lganlarni ozod qilgan, u yerda 1,1 milliondan ortiq odam o'ldirilgan, jumladan, 1 milliondan ortiq yahudiylar.

Powered by Froala Editor