"Navoiy" chegara bojxona posti sinov rejimida ish boshladi
O'zbekiston
2025 yil 27 yanvardan boshlab Toshkent viloyatida joylashgan va yangi qurilgan "Navoiy" chegara bojxona posti ("Zangiota" chegara o‘tkazish punkti) sinov rejimida faoliyatini boshladi. Ushbu post jahon standartlariga mos zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan bo‘lib, fuqarolar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Bojxona postida keng va yorug‘ zalalar, avtobuslar va yengil avtomobillar uchun alohida yo‘laklar tashkil etilgan. Yangi avtoturargohda bir vaqtning o‘zida 500 dan ortiq yengil avtomobil va 100 dan ortiq avtobusni qabul qilish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, xalqaro va mahalliy transportlar uchun mo‘ljallangan xizmatlar ham taqdim etilgan. Avtoturargohda avtomobillar uchun kutish joylari, tez tayyorlanadigan tamaddixonalar, kafelar va boshqa ijtimoiy xizmatlar mavjud bo‘lib, xalqaro transport vositalari uchun shaffof elektron navbat tizimi joriy etilgan.

Powered by Froala Editor