AQSHda immigrantlarni ayovsiz hibsga olish jarayoni boshlandi
Dunyo
Chikago – AQShning Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) bir kunda 1,200 kishini hibsga oldi. Ushbu hibsga olinganlarning deyarli yarmi jinoyat tarixiga ega emas. Ko'plab hibsga olingan shaxslar faqat chegarani noqonuniy kesib o'tganliklari sababli hibsga olingan. Bu haqida ICE agentligi xabar bermoqda.
Yangi ma'lumotlarga ko'ra, sakkiz nafar hibsga olingan shaxs "Eng yomon jinoyatchilar" sifatida tasniflangan, ulardan ikkitasi jinoiy guruh a'zolari. Shuningdek, kamida 566 kishi hech qanday jinoyat qilmagan, faqat noqonuniy yashashga harakat qilgan.
Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, hibsga olinganlarning bir qismi oldingi deportatsiyalardan so'ng AQShga qaytgan bo'lishi mumkin.
"AQSh hukumati va Prezident Donald Trumpning administratsiyasi ko'p marotaba, jiddiy jinoyatlar qilgan yashirin immigranlarni hibsga olish va deportatsiya qilishni ustuvor vazifa sifatida belgilashgan edi. Ammo, so'nggi hibslar, ayniqsa jinoyat tarixiga ega bo'lmagan shaxslar bilan bog'liq bo'layotganiligi, bunday va'dalarga shubha uyg'otmoqda", deya NBC News xabarida keltirgan.
Tom Xoman, Trumpning chegaralar bo'yicha mas'uli, NBC News bilan suhbatda, "kamida bir nechta" tasodifiy hibslar ro'y berganini tan oldi. Shuningdek u, immigratsiya nazoratining kuchayishi bilan bu holatlar yana davom etishi mumkinligini bildirdi. Xoman, "Biz imkon qadar ko'proq jinoyatchilarni hibsga olishni xohlaymiz va davom etamiz", deya gapiga nuqta qo'ydi.

Powered by Froala Editor