Prokuratura quyosh panellari va suv isitgichlari o‘rnatilishini "shaxsan" nazorat qiladi
O'zbekiston
O‘zbekistonda 2025-yilda aholi, kichik biznes va ijtimoiy soha obektlari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasining kamida 40 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga qoplanishi rejalashtirilgan. Bu haqida bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Aminovning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun mazkur inshootlarga quyosh batareyalari va suv isitgichlari o‘rnatiladi. Bu esa o'z navbatida ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga sabab bo'ladi. Prokuratura bu vazifani “so‘zsiz” bajarishini ta’kidladi. O‘tgan yili Bosh prokuratura va viloyat organlari “bunday buyruqlarni bajarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘ldi”, deya qo'shimcha qildi Bosh prokuror o‘rinbosari.
O'tgan yilning dekabr oyida Toshkent shahrida elektr energiyasidan noratsional foydalanishga qarshi reydlar o‘tkazilgan edi. Prokurorlar tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzib, ularni jarima va elektr tarmog‘idan uzish ehtimoliga ko'ra ogohlantirgan. Ushbu tajribadan kelib chiqqan holda, Prezident topshiriqlari ijrosi ustidan, qattiq prokuror nazorati o‘rnatilishi haqida ham xabar berildi.

Powered by Froala Editor