Tramp Ukrainaga yordamni muzlatib qo‘ydi

Dunyo

Donald Tramp ma’muriyati Ukraina, Tayvan va Iordaniyaga harbiy va gumanitar yordamni moliyalashtirishni to‘xtatdi. Qaror xorijiy dasturlarning AQSH tashqi siyosiy manfaatlariga muvofiqligini keng ko‘lamli tekshirishning bir qismi bo‘ldi.

Tramp Ukrainaga yordamni muzlatib qo‘ydi
New York Times nashrining yozishicha, Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy harbiy qo‘llab-quvvatlash dasturlari muzlatib qo‘yilgan. Istisno faqat Isroil va Misr uchun qilingan. Washington Post Kiyevga harbiy va iqtisodiy yordam to‘xtatilganini tasdiqlamoqda, biroq Ukraina rasmiylari ilgari tasdiqlangan paketlar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash davom etayotganini aytmoqda.

Moliyalashtirishni 90 kunga to‘xtatish Trampning Oq uyga qaytganidan keyin birinchi farmonlaridan biri bo‘ldi. Endi Amerikaning Ukrainaga yordami taqdiri noaniqligicha qolmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing