Retsepsiz sotiladigan dori-darmonlarning narxini, dorixonalar o’zlari belgilaydi
O'zbekiston
2025 yil 1 apreldan O‘zbekistonda retseptsiz dori-darmonlarga ustama narxlarni davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi. Dorixonalar va distribyutorlar endi narxlarni shakllantirishda cheklanmaydi, bu esa bir qator dorilarning qimmatlashishiga olib kelishi mumkin.
Prezidentning "Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra, endilikda cheklangan ustamalar faqat retsept bo‘yicha dori-darmonlarga qo‘llaniladi. Eslatib o‘tamiz, 2017 yildan boshlab chakana dorixonalar narxga ko‘pi bilan 20%, ulgurji yetkazib beruvchilar esa - 15% qo‘shib berishlari mumkin edi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan preparatlar uchun bu ustama 10% dan oshmagan.
Yana bir muhim o‘zgarish referent narx shakllanishiga taalluqlidir. Endi bitta ishlab chiqaruvchi bir xil tarkibli, ammo turli nomdagi bir nechta dori vositalarini ishlab chiqarsa, ularga nisbatan eng past referent narx qo‘llaniladi. Ushbu jarayonni nazorat qilishni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ta’minlaydi, u tadbirkorlarning ishtirokisiz chet el valyutasida ro‘yxatdan o‘tgan narxlarni avtomatik ravishda qayta ko‘rib chiqadi.

Powered by Froala Editor