O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyoning eng ilg‘or 5 davlatidan biriga aylandi

O'zbekiston

O‘zbekiston gender tenglik va ayollar huquqlarini ta’minlash borasida katta yutuqlarga erishib, ushbu yo‘nalishda yetakchi mamlakatlardan biri sifatida qayd etildi. Bu natijalar Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasining 30 yilligi hamda Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinganining 45 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda e’tirof etildi.

O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyoning eng ilg‘or 5 davlatidan biriga aylandi
So‘nggi yillarda O‘zbekiston xalqaro reytinglarda gender tenglik bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishmoqda, jumladan:

Gender tenglik va boshqaruv indeksi bo‘yicha mamlakat 2022-yildagi 103-o‘rindan 52-o‘ringa ko‘tarildi

Jahon bankining "Ayollar, biznes va qonun" indeksida 48 pog‘onaga yuqorilab, 91-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston ayollar huquqlari va gender tenglik borasida eng katta natijalarga erishgan 5 mamlakatdan biri sifatida qayd etildi.

Mazkur tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi tomonidan milliy va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda CEDAW (Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya) ning xalqaro miqyosda ayollar huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni yuksak baholandi.

Markaz direktori Akmal Saidov BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 2024-yil 9-sentyabr – 11-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan 57-sessiyasida Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasining 30 yilligini nishonlash bo‘yicha qaror qabul qilinganiga urg‘u qaratdi. Ushbu xalqaro hujjatlar davlatlarning ayollar huquqlarini to‘liq ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eslatib o'tamiz, 1979-yilda qabul qilingan ushbu konvensiya bugungi kunda 189 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. O‘zbekiston 1995-yilda a'zo bo'lgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing