Vengriyada ilk bor "O'zbek kinosi kunlari" o'tkaziladi

O'zbekiston

Vengriya poytaxti bo'lmish Budapeshtda ilk marotaba, 30-yanvardan, 1-fevralgacha "O'zbek kinosi kunlari" bo'lib o'tadi. Anjuman doirasida o'zbek milliy kinosining sara durdonalari qatoridan joy olayotgan "Ilhaq", "Faridaning ikki ming qo'shig'i" va yaqinda premyerasi bo'lib o'tgan "Uy" va "Pandemiya" badiiy filmlari namoyish etiladi.

Vengriyada ilk bor "O'zbek kinosi kunlari" o'tkaziladi
Ushbu filmlar, Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan. Shu kunga qadar Turkiya, Xitoy,  Belarus, Rossiya va boshqa mamlakat kinoteatrlarida namoyish etilgan hamda qator xalqaro kinofestivallarda ishtirok etgan.

Madaniy tadbir O'zbekiston elchixonasi ko'magida, O'zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va Vengriya Milliy kino instituti tomonidan tashkil etilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing