Nogiron farzandi bor oilalarga jarrohlik va davolanish xarajatlari qoplab beriladi
O'zbekiston
2025-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirish, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni parvarishlashning zamonaviy mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish borasidagi takliflar bilan tanishdi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatilayotgan yordam endilikda “Kambag‘al oilalar reestri”ga asoslanadi. Ushbu reestr orqali oilalarning ijtimoiy holati batafsil o‘rganilib, yordam olish jarayoni qulaylashtiriladi. Yangi tizimda ijtimoiy yordam olish uchun ortiqcha hujjatlar va arizalar talab qilinmaydi, bu esa aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Prezidentning tashabbusi bilan ijtimoiy yordamlar turini maqbullashtirish rejalashtirilmoqda. Natijada, 28 turdagi ijtimoiy yordamning yagona ro‘yxati tasdiqlanadi va davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali jarrohlik va davolanish xarajatlari qoplab beriladi.
Prezident Mirziyoyev nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatlarini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Ushbu xizmatlar nogironligi bo‘lgan bolalarning sifatli parvarishlanishini ta’minlaydi va onalariga ishlash yoki ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. 2025-yil oxiriga qadar 2 ming nafar bola ushbu xizmatlar bilan qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, “Bolalar salomatligi” axborot tizimi ishga tushirilib, bolalarning sog‘ligi muntazam nazorat qilinadi. Har bir bolaga tibbiy, reabilitatsiya va ijtimoiy xizmatlar bir butun tizim asosida ko‘rsatiladi.
Kambag‘allikni kamaytirish davlatning ustuvor maqsadlaridan biri sifatida belgilangan. “Kambag‘al oilalar reestri” orqali oilalarning daromad darajasi va ijtimoiy holati chuqur o‘rganilmoqda. Ushbu tizim orqali minglab fuqarolar ishga joylashtirildi, kasb-hunar o‘rgatildi va kredit-subsidiyalar bilan ta’minlandi.

Powered by Froala Editor