O‘zbekistonda xonadonlar tomining kamida 50 foiziga quyosh panellari o'rnatilishi rejalashtirilmoqda

O'zbekiston

O‘zbekistonda 2 yil ichida aholi va xo‘jalik subyektlarini kamida 50 foiz tomlariga quyosh panellari o'rnatilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 2 yil ichida 3 mingga yaqin kichik gidroelektrostansiyalar qurish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda xonadonlar tomining kamida 50 foiziga quyosh panellari o'rnatilishi rejalashtirilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov yig‘ilishda prezident qanday topshiriqlar bergani haqida “O‘zbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi.

“Bugun prezidentimiz huzurida bo‘lib o‘tgan selektor majlisida 2025-yil davomida davlat dasturi doirasida bajariladigan ishlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Jumladan, yashil energiya ulushini oshirish, yashil energiyani barcha tarmoqlarda, barcha sohalarda xonadonlargacha joriy qilish, buni maksimal ravishda qo‘llab quvvatlash, tarmoqqa ulash va aholi tomonidan ortiqcha ishlab chiqarilgan energiyani sotib olish ta’kidlandi. Bu uchun mexanizmlar, rejalar nafaqat ishlab chiqarish, balki buni aniq manzilli mahallabay ishni tashkil qilgan holda joriy qilish bo‘yicha aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi”, — dedi vazir.

Jumladan, 3,5 ming megavatt yangi generatsiya quvvatlariga qo‘shimcha ravishda 1 ming megavatt energetika quvvatlarini yaratiladi. 2 yil ichida 3 mingga yaqin kichik gidroelektrostansiyalar qurish, aholi va xo‘jalik subyektlarini kamida 50 foiz tomlarini quyosh panellari bilan qoplash bo‘yicha ko‘rsatmalar va dastur ishlab chiqarish topshirilgan.

Bundan tashqari, vazirning ta’kidlashicha iste’mol qilinayotgan elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa issiqlik manbalarini tejash, jumladan, binolardagi energosamaradorlik resurslardan umumiy foydalanish bo‘yicha dastur kiritish topshirig‘i berilgan. Bu haqida Gazeta.uz  xabar berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing