Netanyaxu Rafahga hujum uyushtirmaslik chaqiriqlarini rad etdi

Dunyo

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektori janubidagi tinch aholi yashaydigan Rafahga quruqlikdan hujum uyushtirmaslik haqidagi xalqaro chaqiriqlarni rad etdi.

Netanyaxu Rafahga hujum uyushtirmaslik chaqiriqlarini rad etdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rafahga harbiy hujum bo‘lmasa, Isroil urushda mag‘lub bo‘lish xavfi bor. Matbuot anjumanida u G‘azodagi vaziyat va HAMAS bilan ehtimoliy mahbus almashish kelishuvini ham muhokama qildi.

Netanyaxu Isroil oxirigacha, g’alaba qozonmaguncha kurashishini va mahbuslar bo'yicha kelishuvga erishilgan taqdirda ham hujumni to'xtatmasligini ta'kidladi. Shuningdek, u Falastin davlatini tan olish bo‘yicha yechimga oldindan hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yo‘li bilan erishish kerakligini ta’kidladi.

Netanyaxu uydirma deb atagan va Isroilga zarar yetkazishni maqsad qilgan HAMAS’ning talablari tufayli isroillik mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv bo‘yicha muzokaralar to‘xtatildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing