Niderlandiya Ukrainaga 210 million yevro ajratdi

Dunyo

Ukraina energetik infratuzilmasini tiklashda Niderlandiya yordam ko‘rsatishda davom etmoqda. Niderlandiya yangi bosh vaziri Dik Sxofning Kiyevga birinchi tashrifi chog‘ida, Ukrainaga energiya tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 210 million yevro ajratilishi haqida e’lon qilindi.

Niderlandiya Ukrainaga 210 million yevro ajratdi
Sxofning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘lar Ukrainadagi energetik infratuzilmani tiklash yoki yangisini qurish uchun sarflanadi. Niderlandiya Kiyevga nafaqat iqtisodiy, balki harbiy yordam ham ko‘rsatmoqda. Shu yilning iyul oyida Niderlandiya Ukrainaga ilk F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berdi va ular uchun o‘q-dorilar xarid qilish uchun 300 million yevro ajratishga va’da berdi.

Ayni paytda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mongoliyaga tashrifidan oldin Kizilda bolalar bilan uchrashdi. U chegaradagi beqarorlik sababli onlayn o‘qitilayotgan bolalar uchun normal hayotni qayta tiklashga va’da berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing