Nigeriyada qurolli hujum paytida 12 kishi halok bo'ldi
Dunyo
Qurolli to‘da a’zolari Kaduna shtatidagi Maro bozoriga hujum qildi.
Nigeriyaning Kaduna shtatidagi bozorga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, yana 20 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Anadolu” agentligi mahalliy OAVlarga tayanib.
Qayd etilishicha, Maro bozoriga hujumni qurolli to‘da a’zolari amalga oshirgan. Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Soʻnggi paytlarda Nigeriya mamlakatning turli hududlarida qurolli toʻdalar, shuningdek, “Boko Haram” va IShIDning Gʻarbiy Afrika boʻlimi boʻlgan ISWAP kabi terror tashkilotlari tomonidan hujumlarga uchramoqda.
Joriy yilning yanvar oyidan beri Kaduna shtatida uyushtirilgan hujumlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, 300 dan ortiq odam o‘g‘irlab ketildi.

Powered by Froala Editor