Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan sportni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Sport

Prezidentning nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish orqali jismoniy reabilitatsiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori (PQ-389, 2024 yil 8-noyabr) qabul qilindi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan sportni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Qarorga ko‘ra, 2024 yil 15 dekabrdan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslar sport bilan bepul shug‘ullanishlari uchun «Inson» ijtimoiy xizmat markazlari davlatga qarashli sport inshootlariga yo‘llanma beradi. Ushbu dastur nogironligi bo‘lgan fuqarolarning sog‘lomlashtirish va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan.

2025-2026 yillarda «Murovvat» internat uylarida va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus ta’lim muassasalarida sport maydonchalari qurilishi, ta’mirlanishi va zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ushbu muassasalarda yangi sport to‘garaklari tashkil etiladi.

Mazkur hujjat asosida O‘zbekistonda Adaptiv sport turlari uyushmasining hududiy bo‘linmalari hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi negizida Adaptiv sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etiladi.

2025 yil 1 fevraldan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslari boshlanadi, va ularga 4 yil muddatga amal qiladigan sertifikat beriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing