Oiladagi zo‘ravonlikka chiziq tortildi, “Yarashish davri” bekor qilindi
O'zbekiston
2023-yil 9-aprelda O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha tarixiy qonun kuchga kirgan edi. Oradan ikki yil o‘tib, 2025-yil 9-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan nikohdan ajratish jarayonida sudlar tomonidan belgilab kelinayotgan “yarashtirish davri”ni bekor qilishga oid muhim qonunchilik o‘zgartirishlari tasdiqlandi. Bu yangilik jamiyatda katta qiziqish uyg‘otdi va inson huquqlarini ta’minlash yo‘lida navbatdagi muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 15-aprel kuni rasmiy Telegram sahifasida bu boradagi munosabatini bildirdi. U mazkur islohotni ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda ularning huquqlarini hurmat qilish yo‘lidagi katta yutuq sifatida baholadi.
“Agar oilada inson qadr-qimmati hurmat qilinmasa va u jismoniy, psixologik yoki iqtisodiy tahqirlarga duch kelsa, u yerda murosaga kelish, yarashish har qanaqasiga imkonsizdir”, — deya ta’kidladi Mirziyoyeva.
Avvallari ajrashish jarayonida sudlar odatda avtomatik tarzda “yarashtirish davri”ni tayinlardi. Bunday tartib esa ko‘plab ayollar uchun adolatga erishish yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘lib, ularni yana zo‘ravonlik muhitiga qaytishga majbur qilardi. Endilikda bu amaliyot qonunchilik darajasida bekor qilinmoqda.
Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, bu o‘zgarish nafaqat ayollar, balki zo‘ravonlik muhitida yashayotgan va voyaga yetayotgan bolalar uchun ham katta ahamiyatga ega. Chunki oilaviy muhit bolaning shakllanishi va kelajagiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, Prezident yordamchisi bu qonun ustida ishlagan keng jamoatchilikni alohida e’tirof etib, ularning hissasini yuqori baholadi:
“Qonunchilikka ushbu tuzatishlar kiritilishi ustida ishlagan katta jamoa Siz tomonda”, — dedi u.
Nutq yakunida esa muhim ijtimoiy xabar berildi:
“Yo‘l qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, o‘zingiz va farzandlaringiz tinchligini tanlang. Ota-onalar esa shuni yaxshi tushunib olishlari kerak: qizingizning zo‘ravonlikdan qochib uyga kelishi emas, balki zo‘ravonlikka toqat qilishga majbur bo‘lishi — haqiqiy sharmandalikdir”.
Ushbu qaror O‘zbekistonda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularni zo‘ravonlikdan holi hayotga yetaklash yo‘lida muhim burilish nuqtasidir. Endilikda oilada zo‘ravonlikni “ichki masala” deb emas, balki davlat e’tiboriga tushadigan jiddiy muammo sifatida ko‘rish va unga qarshi kurashish zarurati yana bir bor ta’kidlanmoqda.

Powered by Froala Editor