Oksana Chusovitina Turkiyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sport
Sport gimnastikasi boʻyicha jahon chellenj kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqaning ayollar oʻrtasidagi tayanib sakrash dasturida Oksana Chusovitina oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Ayni kunlarda Turkiyaning Mersin shahrida sport gimnastikasi boʻyicha jahon chellenj kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Mazkur musobaqaning ayollar oʻrtasidagi tayanib sakrash dasturida Oksana Chusovitina oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Yoshlar va sport vazirligi xabariga koʻra, sportchi oʻzining sevimli dasturida 13.067 ball jamgʻarishga muvaffaq boʻlgan. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar mos ravishda turkiyalik Bengisi Yildiz va Cheren Binerga nasib etgan:
Oksana Chusovitina (Oʻzbekiston) – 13.067;
Bengisi Yildiz (Turkiya) – 12.950;
Cheren Biner (Turkiya) – 12.950.

Powered by Froala Editor