Oksfordda o‘zbek tilini o‘rganish markazi ochildi
Dunyo
Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmonov va Oksford universiteti rahbariyati oʻrtasidagi muzokaralar doirasida Oksford universiteti va Oʻzbekiston taʼlim muassasalari oʻrtasida akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.
Oksford universiteti qoshidagi Volfson kolleji prezidenti Timoti Mark Xitchins ikki tomon o‘rtasida tarix, arxeologiya, ta’lim, tibbiyot, fizika, matematika, muhandislik va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Timotining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar taʼlim, fan va mutaxassislar tayyorlash sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan kvant fizikasi sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari belgilandi.

Powered by Froala Editor