Olaf Shols nemislarni yahudiylarni himoya qilishga chaqirdi
Dunyo
Germaniya kansleri Yaqin Sharqdagi mojaro bilan bog'liq bir qator antisemitistik hodisalar haqida xabarlar tarqalgandan keyin mamlakat aholisini "yahudiylarni himoya qilishga" chaqirdi. Uning aytishicha, bu “fuqarolik jasorati”dir. Bu haqda “DW” nashri xabar berdi.
"Germaniyadagi yahudiylarga hujum qiladigan shaxs barchamizga hujum qiladi. Biz antisemitizmni qabul qilmaymiz. Bizda aniq qonunlar bor: Isroil bayroqlarini yoqish jinoiy javobgarlikdir; Begunoh odamlarning o‘limiga xayrixoh boʻlish jinoiy javobgarlikdir; Antisemitizm shiorlarini hayqiradiganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi", dedi Shols Mannheimer Morgen gazetasiga bergan intervyusida.
Qayd etilishicha, Sholsning ushbu izohlari Germaniyadagi Falastin tarafdorlaring namoyishlari fonida yangragan.
"Huquq-tartibot idoralari zarur vositalarga ega va ulardan izchil foydalanishlari kerak. Politsiya organlari va sudlar nima qilish kerakligini bilishadi", dedi kansler.

Powered by Froala Editor