Olimlar: 2024-yilgi Olimpiadada havo harorati falokatli darajada issiq bo’ladi

Sport

Fransiyadagi Iqlim fanlari va atrof-muhit laboratoriyasi olimlari 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari vaqtida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan falokatli issiqlik to‘lqinini bashorat qilishdi. Fransuz olimlarining xulosalari “npj Climate and Atmocultural Science” jurnalida chop etildi.

Olimlar: 2024-yilgi Olimpiadada havo harorati falokatli darajada issiq bo’ladi
Tadqiqotchilar 2003-yilda Parijda kuzatilgan rekord darajadagi issiqlikdan oshib ketadigan ikki haftalik issiqlik to'lqini xavfini baholadilar. Ularning fikricha, yozgi Olimpiada o‘yinlari Parij mintaqasida mavsumiy harorat siklining eng yuqori cho‘qqisiga to‘g‘ri keladi, bu esa haddan tashqari issiqlik tufayli atrof-muhit va inson salomatligi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Davom etayotgan global isish va hozirgi iqlim o'zgarishi ssenariylarini hisobga olgan holda o’tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, 2050-yilga kelib Ile-de-Fransda 2003-yildagi rekord Selsiy bo'yicha to'rt darajadan oshib ketishi mumkin. Shunday qilib, Olimpiada paytida rekord darajadagi issiqlik to'lqini bo'lish ehtimoli, olimlarning fikriga ko'ra, nisbatan yuqori, yuzdan birni tashkil etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing