Olmaota shahrida Ozarbayjon va Armaniston TIV rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda
Siyosat
Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov va Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Olmaotada uchrashdi. Bu haqda “Report” axborot agentligi xabar berdi.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlarini kutib oldi.
“Muzokaralarimiz samarali o’tmoqda”, — dedi Armaniston tashqi ishlar vaziri. Armaniston vaziri, shuningdek, tomonlar tinchlik shartnomasini imzolash bilan cheklanmasliklari kerakligini ta'kidladi. “Biz oldinga borib, mintaqadagi barcha transport kommunikatsiyalarini ochishimiz mumkin”, — dedi Mirzoyan.
O‘z navbatida, Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Olmaotadagi muzokaralar Ozarbayjon-Armaniston munosabatlarini tartibga solish uchun juda foydali bo‘lishini ta’kidladi.
"Ishonchim komilki, biz keyingi ikki kun ichida mavjud ochiq masalalar bo'yicha yechim topish uchun samarali ishlay olamiz", — dedi u arman va qozog‘istonlik hamkasblari bilan uch tomonlama uchrashuvda.
Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlarining Olmaotadagi muzokaralari ikki kun davom etadi.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Ozarbayjon va Armanistonning Olmaotada tashqi ishlar vazirlari darajasida muzokaralar o‘tkazish haqidagi kelishuvini olqishlab, bu uchrashuvni ramziy ma’noga ega deb atagandi.

Powered by Froala Editor