Olti oyda qancha fuqaro Oʻzbekistonga kirish vizasini olgani maʼlum boʻldi

O'zbekiston

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonovga koʻra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida 60 744 nafar chet el fuqarosiga O‘zbekistonga kirish vizalari berilgan, shundan 32 477 tasi elektron tarzda rasmiylashtirilgan.

Olti oyda qancha fuqaro Oʻzbekistonga kirish vizasini olgani maʼlum boʻldi
O‘tgan olti oy mobaynida 60 744 nafar chet el fuqarosiga O‘zbekistonga kirish vizalari berilgan, shundan 32 477 tasi elektron tarzda rasmiylashtirilgan. Bu haqda bugun, 25-iyul kuni boʻlib oʻtgan brifingda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov maʼlum qildi.

Vaizrlik rasmiysiga koʻra, TIVga yanvar-iyun oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan 60 528 ta murojaat kelib tushgan, ulardan 18 259 tasi vazirlik Konsullik-huquqiy departamenti, 42 269 tasi esa chet eldagi vakolatxonalari oraqali kelgan.

Hisobot davrida odam savdosi qurboni bo‘lgan, yoki ishsiz, boquvchisiz qolganlar va boshqa murakkab ahvoldagi 523 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Vatanga qaytarilgan.

Pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qo‘yilgan 133 nafar O‘zbekiston fuqarosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qaytarib olib berilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing