Oqilbek Japarov Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimidan ozod etildi
Siyosat
Oqilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi va Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi. Bu haqida Qirg‘iziston OAV xabar berdi.
Xabarlarga ko’ra, tegishli farmonni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov imzolagan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Adilbek Qosimaliyev vaqtincha Vazirlar Mahkamasi rahbari va Prezident administratsiyasi rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Eslatib o’tamiz, Oqilbek Japarov 2021 yil 1 iyundan 12 oktyabrgacha Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2021 yil 13 oktyabrdan boshlab Vazirlar Mahkamasi raisi hamda Prezident administratsiyasiga rahbarlik qilgan.

Powered by Froala Editor