Oʼqish maqsadida chet elga ketgan o'zbekistonliklar soni yarim yilda 19,5 mingga yetdi

O'zbekiston

Xorijga o'qish uchun ketgan fuqarolarning yarmidan ko'pi Tokistonga to'g'ri keladi. Shuningdek o'zbekistonliklar Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Germaniya va AQSH singari davlatlarni o'qish maqsadida tanlagan.

Oʼqish maqsadida chet elga ketgan o'zbekistonliklar soni yarim yilda 19,5 mingga yetdi
2024 yilning yanvar-iyun oylarida jami 19,5 ming nafar Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari oʼqish maqsadida chet elga borgan, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʼqish maqsadida chet elga ketgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Tojikiston – 10 122 nafar;
Rossiya – 2 905 nafar;
Qirgʼiz Respublikasi – 2 022 nafar;
Turkiya – 1 020 nafar;
Janubiy Koreya – 948 nafar;
Qozogʼiston – 764 nafar;
Buyuk Britaniya – 363 nafar;
Xitoy – 320 nafar;
Germaniya – 190 nafar;
АQSh – 166 nafar;
boshqa davlatlar – 645 nafar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing