Orban Ukrainaga gazni to‘xtatdi

Iqtisodiyot

Vengriya Ukrainaga gaz yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatdi. Qaror Rossiya neftining «Drujba» quvuri orqali yetkazib berilishi bilan bog‘landi.

Orban Ukrainaga gazni to‘xtatdi
Vengriya hukumati Ukrainaga gaz yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Budapesht Rossiya neftini Drujba orqali yana qabul qilmaguncha gaz yetkazib berish tiklanmaydi.

Orban bu qaror mamlakat energetik xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilinganini ta’kidladi. Shuningdek, hukumat aholi uchun yoqilg‘i narxlarini barqaror saqlash va gaz tariflarini past darajada ushlab turishni rejalashtirmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra: “Ukraina neft yetkazib bermaguncha, u Vengriyadan gaz olmaydi”.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing