O‘zbekistonga 3,5 milliondan ortiq xorijlik sayyoh keldi

O'zbekiston

2024 yilning yanvar-iyun oylarida 3,5 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

O‘zbekistonga 3,5 milliondan ortiq xorijlik sayyoh keldi
Foto: happylove.top
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 415,6 ming nafarga yoki 13,3%ga oshgan.

Sayyohlik oqimining asosiy qismini Qirg‘iziston fuqarolari – 1 milliondan ortiq kishi tashkil etgan. Keyingi oʻrinlarda Tojikiston va Qozogʻiston – mos ravishda 1 million va 668,4 ming kishi.

Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimizga 364,5 ming nafar Rossiya, 67,2 ming nafar Turkmaniston, 51,9 ming nafar Turkiya fuqarolari tashrif buyurdi.

Bundan tashqari, top-10talikka Xitoy (28,7 ming kishi), Hindiston (28,2 ming kishi), Janubiy Koreya (19,6 ming) va Italiya (17,7 ming) kirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing