Ota-onasiga g‘amxo‘rlik qilmaganlar jazolanadi: Qirg‘izistonda yangi qonun imzolandi
Dunyo
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ota-onani moddiy ta'minlash majburiyatini bajarmaganlar uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi Qonunni imzoladi. Qonun 17-oktabr kuni Jogorku Kengash tomonidan qabul qilingan.
Qonunning asosiy maqsadi — mehnatga layoqatli farzandlarni keksalar va yordamga muhtoj ota-onalarga moddiy yordam ko‘rsatishga majbur qilishdir. Agar farzand ota-onasiga yordam berishdan bosh tortsa, qonunda belgilangan jazolar qo‘llaniladi:
Yordamga muhtoj ota-onasini boqmagan mehnatga layoqatli farzandlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Agar moddiy yordam 12 oy davomida ko‘rsatilmasa, 20-50 ming (2 967 980 - 7 419 950 (о’zb so’mda)) somgacha jarima yoki ikki oydan bir yilgacha jamoat ishlariga jalb etish jazosi beriladi.
Agar yordam 12 oydan ortiq vaqt davomida berilmasa yoki daromad yashirilsa, 1 yildan 3 yilgacha tuzatish ishlari, 50 - 100 ming (7 419 950-14 839 900) somgacha jarima yoki 3 yilgacha qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Mahalliy boshqaruv organlari ota-onalarning manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasida mehnatga layoqatli farzandlar ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish va ularga moddiy yordam ko‘rsatishga majbur ekanligi belgilangan. Oila kodeksida ham bu majburiyatlar 109, 110 va 111-moddalarida batafsil keltirilgan.

Powered by Froala Editor