Janubiy Koreyada siyosiy vaziyat taranglashdi: Favqulodda harbiy holat bekor qilindi
Dunyo
Prezident Yun Sok Yol 3-dekabr kuni tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan, shundan so‘ng unga nisbatan impichment jarayonini o‘tkazishga urinishlar sababli, hokimiyat "falaj bo‘lish" xavfi borligini ma’lum qilgan.
Prezident Yun seshanba kuni televideniya orqali jonli efirda qilgan murojaatida, “Shimoliy Koreya kommunistik kuchlari tomonidan kelayotgan tahdidlar va davlatga qarshi unsurlarni yo‘q qilish orqali Janubiy Koreyaning erkin va demokratik jamiyatini qayta quraman,” deya bayonot bergan.
Janubiy Koreyadagi harbiy holat qo‘mondoni parlament va siyosiy partiyalar faoliyati to‘xtatilganini e’lon qildi. Shuningdek, mamlakatda barcha ommaviy axborot vositalari ustidan nazorat joriy etilishi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, mahalliy OAV Seul osmonida vertolyotlar uchayotgani, parlament binosi oldida to‘siqlar o‘rnatilgani, yo‘llarda maxsus texnika harakatlanayotgani haqida xabar bergan.
Prezident Yun Sok Yol 4-dekabr, chorshanba kuni erta tongda mamlakatda joriy etgan harbiy holat rejimi tugatilganini maʼlum qildi. Shundan so'ng, harbiy holatni bekor qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilingan va Janubiy Koreya parlamenti binosini harbiy xizmatchilar tark etgan, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi
Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston elchixonasi ushbu "tarang vaziyatda" fuqarolarni ogohlikka chaqirib, rasmiy bayonat bergan, "Xabaringiz bor 3-dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilindi. Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, o‘zingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sog‘ligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz" deb yozadi elchixona xabarida.

Powered by Froala Editor