Ozarbayjon AQShda Armaniston bilan muzokara qilishdan bosh tortdi
Siyosat
Boku Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlarining Qo'shma Shtatlardagi uchrashuvidan bosh tortdi va Davlat kotibi yordamchisining so'zlaridan so'ng Vashingtonni "noxolislikda" aybladi. Uchrashuvda ikki davlat munosabatlarini normallashtirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan edi.
Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlarining 20-noyabr kuni AQSh poytaxtida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tmaydi. Ozarbayjon TIV 16-noyabr kuni “Vashingtonning noxolis pozitsiyasi” tufayli Boku unda ishtirok etishdan bosh tortdi. Uchrashuvda Armaniston-Ozarbayjon munosabatlarini normallashtirish masalalari muhokama qilinishi kerak edi.
Ozarbayjonning rad javobiga AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyms O'Brayenning bir kun avval aytgan so‘zlari sabab bo‘ldi. U Vakillar palatasining Qorabog‘ masalasi bo‘yicha tashqi ishlar qo‘mitasi tinglovida so‘zlagan nutqida, “tinchlik sari olg‘a siljish” ko‘rinmagunicha, AQShning Ozarbayjon bilan munosabatlari “19-sentyabr voqealaridan keyin normal holatga qaytmaydi” degandi.
Boku O'Brayenning so'zlarini "teskari, asossiz va qabul qilib bo'lmaydigan" deb atadi. Shuningdek, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi “AQShning bir tomonlama yondashuvi Janubiy Kavkazdagi ikki davlat oʻrtasidagi mojaroda uning vositachi rolini yoʻqotishiga olib kelishi mumkinligini” taʼkidladi.

Powered by Froala Editor