Ozarbayjon chegarani delimitatsiya qilishdan bosh tortdi

Siyosat

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjonni provokatsion harakatlarda ayblab, harbiy mojaro keng ko‘lamli urushga aylanib ketishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

Ozarbayjon chegarani delimitatsiya qilishdan bosh tortdi
Armaniston bosh vazirining ta’kidlashicha, Ozarbayjon chegarani delimitatsiya qilishdan bosh tortib, Armanistonga harbiy bosim o’tkazishda davom etmoqda. Uning aytishicha, dastlab butun chegarani delimitatsiya qilish taklif qilingan, biroq Boku jarayonni bosqichlarga boʻlishni taklif qilgan.

“Hoynahoy, Ozarbayjon bu variantdan ham o’zini olib qochmoqda va tahlillarimizga ko’ra, bu chegaraning ayrim qismlarida qurolli toʻqnashuvlar kelib chiqish ehtimoli tufayli boʻlishi mumkin, bu esa mojaroning Armanistonga qarshi keng koʻlamli urushga aylanishiga olib kelishi mumkin", — deya ta'kidladi Pashinyan.

Bosh vazir Ozarbayjon Armanistonga qarshi harbiy bosim o’tkazishdan toʻxtamayapti, degan fikrni bildirdi. “Bizga Ozarbayjon o‘z chegaralari barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashdan manfaatdor emasdek tuyulmoqda va bunday taassurot uchun talaygina sabablar bor”, — dedi Pashinyan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing