Ozarbayjon tashabbusi bilan Made in Turan brendi yaratildi

Dunyo

Bugun Qozog‘istonda Ozarbayjon tashabbusi bilan turkiy dunyo savdo belgilarini birlashtirgan Made in Turan brendi yaratildi.

Ozarbayjon tashabbusi bilan Made in Turan brendi yaratildi
Bu haqda Ozarbayjon franchayzing uyushmasi raisi Jamid Movsumov Trend axborot agentligiga ma'lum qildi.

Uning taʼkidlashicha, brendning yaratilishi Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo davlatlar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yagona markalash tizimiga oʻtishni nazarda tutadi.

"Made in Turan brendi uchun olinadigan maxsus imtiyozlar tufayli mamlakatlar oʻrtasidagi savdo aylanmasi oshadi va iqtisodiy aloqalar mustahkamlanadi. Brendning joriy etilishi turkiy dunyo brendlari uchun yangi davrni anglatadi. Ushbu brendlash siyosati natijasida turkiy davlatlar brendlari ishonch bilan oldinga siljiydi. Maxsus imtiyozlar tufayli global brend boʻlish yoʻlida Turkiy davlatlar oʻrtasidagi savdo aylanmasi oʻsib boradi. Made in Turan brendi turkiy dunyoni butun dunyo bo'ylab muhim iqtisodiy kuch sifatida tan olishga hissa qo'shadi. Qolaversa, biz Made in Turan savdo uylarini ochishni rejalashtirmoqdamiz", — deydi u.

Ta’kidlash joizki, aholisi 200 million kishidan oshadigan TDTga aʼzo mamlakatlarning umumiy tovar aylanmasi jahon iqtisodiyotida 536 milliard dollarni tashkil etadi.

TDTga a'zo mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi 1,5 trillion AQSh dollarini, tovar aylanmasi esa 1,2 trillion AQSh dollarini tashkil etadi. Umuman olganda, TDTga a'zo davlatlar jahon savdo aylanmasining 2,4 foizini tashkil qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing