Ozarbayjon SPЕKA fondiga 3,5 mln dollar ajratadi

Dunyo

Ilhom Aliyevning aytishicha, Boku va Markaziy Osiyo strategik ahamiyatga ega yagona tarixiy, madaniy va geosiyosiy makondir.

Ozarbayjon SPЕKA fondiga 3,5 mln dollar ajratadi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi — SPEKA maqsadli jamgʻarmasiga 3,5 million dollar oʻtkazadi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev Bokudagi SPEKA sammitida soʻzlagan nutqida maʼlum qildi.

"Biz BMT shafeligida SPEKA maqsadli jamg'armasining tashkil etilishini ma'qullashga loyiq deb hisoblaymiz. Men mamnuniyat bilan qayd etmoqchimanki, Ozarbayjon ushbu maqsadli jamg'armaga 3,5 million dollar ajratadi", dedi Aliyev.

U Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlarini ko‘p asrlik tarixiy-madaniy aloqalar bog‘lab turishini alohida ta’kidladi. "Ozarbayjon va Markaziy Osiyo strategik ahamiyati ortib borayotgan yagona tarixiy, madaniy va geosiyosiy makondir", dedi davlat rahbari.

SPEKA dasturi 1998-yilda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqa davlatlarining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan. Dasturga aʼzo davlatlar Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Afgʻonistondir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing