Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari qurolli kuchlari iyul oyida qoʻshma mashgʻulotlar oʻtkazadi

Siyosat

Joriy yilning iyul oyida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston “Biz birmiz – 2024” qoʻshma operativ-taktik qo'mondonlik-shtab mashqlarini o'tkazadi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari qurolli kuchlari iyul oyida qoʻshma mashgʻulotlar oʻtkazadi
Unga ko‘ra, mashg‘ulotlar Qozog‘istondagi “Oymasha” poligonida, shuningdek, Kaspiy dengizidagi Tokmak burnida bo‘lib o‘tadi. “Qurolli mojarolar zonasini aniqlash yo'nalishida o'quv-jangovar vazifalarni bajarish bo'yicha harakatlar amalga oshiriladi", —deyiladi xabarda.

Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, Aqtau shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston mudofaa vazirliklari vakillari ishtirokida konferensiya boʻlib oʻtdi, unda ishtirokchilar manevrlarga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq bir qancha masalalarni muhokama qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing