Ozarbayjon va O‘zbekiston qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Iqtisodiyot

Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida “Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi” kuzatuv kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Trend xabar berdi.

Ozarbayjon va O‘zbekiston qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda
“Tomonlar, shuningdek, mamlakatlar oʻrtasidagi biznes va savdo aloqalarini barqaror rivojlantirish, xususiy sektorni har tomonlama rivojlantirishga koʻmaklashish, oʻzaro sarmoya kiritish masalalarini ham muhokama qildi”, — deyiladi xabarda.

Aytish joizki, yaqinda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib, Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Samed Bashirli bilan muzokara olib bordilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing