Ozarbayjonda beshta yangi quyosh-shamol elektr stansiyasi qurilishini boshlash rejalashtirilgan

Dunyo

Ularning umumiy quvvati 1300 MVtni tashkil qiladi. Bu haqda Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Shahbazov ma'lum qildi.

Ozarbayjonda beshta yangi quyosh-shamol elektr stansiyasi qurilishini boshlash rejalashtirilgan
Shu bilan birga, Kaspiy-Qora dengiz-Yevropa, Ozarbayjon-Turkiya-Yevropa va Ozarbayjon-Markaziy Osiyo-Yevropa yashil yoʻlaklarini yaratish boʻyicha choralar koʻrilmoqda, dedi vazir.

Unga ko‘ra, ular 5 GVt “yashil” elektr energiyasi va “yashil gaz”ni tashish, shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekistondan “yashil” energiya eksport qilish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing