Ozarbayjonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Dunyo

Saylovda “Yangi Ozarbayjon” partiyasi tomonidan amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliyev nomzodi ilgari surilgan.

Ozarbayjonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda
Ozarbayjonda 7-fevral kuni navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari uchun ovoz berish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 6,5 million saylovchining ovoz berishda ishtirok etishi uchun xorijda ham 6,5 ming saylov uchastkasi tashkil etilan. Saylovlarni turli xalqaro tashkilotlar va davlatlardan 800 ga yaqin xorijiy va 90 mingga yaqin mahalliy kuzatuvchilar kuzatmoqda. Mahalliy matbuotdan tashqari 200 ga yaqin xorijiy jurnalist akkreditatsiyadan o‘tgan.

Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da tugaydi.

Prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun yetti nafar nomzod ro‘yxatga olingan, jumladan, amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliyev.

Saylovda “Yangi Ozarbayjon” partiyasi tomonidan nomzodi ilgari surilgan amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliyevdan tashqari “Milliy front” partiyasi raisi Razi Nurullayev, “Buyuk ijod” partiyasi raisi Fozil Mustafo, “Buyuk Ozarbayjon” partiyasi raisi Elshad Musayev, “Butun Ozarbayjon Xalq fronti partiyasi” raisi Gudrat Hasanguliyev va mustaqil nomzodlar Zohid O‘ruch va Fuat Aliyevlar ishtirok etmoqda.

Malumot uchun, Ozarbayjonda har 7-yilda bir marta o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari oxirgi marta 2018-yilning 11-aprelida bo‘lib o‘tgan edi. Aliyev imzolagan farmon bilan prezidentlik saylovlari ertaroq muddatga ko‘chirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing