Oʻzbek mevalari jahon bozorida: yangi bosqich boshlanmoqda
O'zbekiston
Global iqtisodiy muammolar va ob-havodagi oʻzgarishlar fonida Oʻzbekiston oziq-ovqat xavfsizligi va eksportni rivojlantirishni ustuvor yoʻnalish sifatida belgiladi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini ko‘paytirishda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Yigʻilishda davlatimiz rahbari soʻnggi uch yil ichida 250 ming gektar paxta va gʻalla yerlarida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish yoʻlga qoʻyilganini ta’kidladi. Bundan tashqari, 160 ming gektar yangi bogʻ va tokzorlar tashkil etilgan, 107 ming gektar eskirgan bogʻlar yangilangan.
Shuningdek, 1 milliard dollarlik 1,5 mingta oziq-ovqat loyihasi ishga tushirilgan. Sanoatda 100 ming tonna saqlash, 70 ming tonna quritish, 46 ming tonna saralash va qadoqlash quvvatlari yaratilgan.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, qishloq xoʻjaligidagi islohotlar xalqaro miqyosda ham e’tirof etildi. Joriy oyda Oʻzbekiston BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Kengashi a’zoligiga saylandi.
— Bu milliy va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surish, yangi loyihalarga mablag‘ jalb qilishda biz uchun katta imkoniyat, — dedi Prezident.

Powered by Froala Editor