O'zbek-qirg'iz avtomobil zavodi may oyida birinchi avtomobilini ishlab chiqaradi

O'zbekiston

Oʻzbek-qirgʻiz avtomobil zavodida birinchi avtomobil 2024-yil may oyi oxirida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Economist.kg xabar bermoqda.

O'zbek-qirg'iz avtomobil zavodi may oyida birinchi avtomobilini ishlab chiqaradi
Qayd etilishicha, zavod birinchi bosqichda Chevrolet va Isuzu yengil avtomobillarini ishlab chiqaradi, keyinchalik ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi.

Bu Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida 2023-yil 29-yanvarda imzolangan qo‘shma avtomobil zavodi qurish to‘g‘risidagi kelishuv tufayli amalga oshdi.

Zavodning ishga tushirilishi bir necha bor kechiktirilgan bo'lsa-da, oxirgi taxminiy vaqt jadvali joriy yilning ikkinchi choragiga to’g’ri kelmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing