O’zbekiston- AQSH bojxona xizmati rahbarlari o’zaro bitim imzolashdi

O'zbekiston

Mazkur hujjat O’zbekiston va AQSH o’rtasida bojxona sohasida axborot almashinish imkonini beradi va giyohvand moddalar savdosi, odam savdosi , transmilliy jinoiy guruhlar , bojxona to’lovlaridan bo’yin tovlashga qarshi kurashda hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

O’zbekiston- AQSH bojxona xizmati rahbarlari o’zaro bitim imzolashdi
Shu kunlarda O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasi Raisi Akmalxo’ja Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo’shma Shtatlarida bo’lib, bojxona sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim uchrashuvlar va muzokaralar olib borishmoqda deya xabar bermoqda O’zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo’mitasi o’zining rasmiy sahifasida.

Tashrifning asosiy voqeligi O’zbekiston Respublikasi Bojxona Qo’mitasi raisi Akmalxo’ja Mavlonov hamda AQSHning Bojxona chegara xizmati komissari Troy Miller o’rtasida “Hamkorlik va o’zaro yordam to’g’risida” gi bitimning imzolanganidir.

Ta’kidlash kerakki, AQSH bojxoan sohasida hamkorlikni nazarda tutuvchi bu kabi ikki tomonlama bitimlarni dunyo bo’ylab 200ga yaqin davlatlar ichida atigi 17 ta davlatlar bilan imzolangan, O’zbekiston bu ro’yxatga 18-davlat sifatida qayd etildi.

Ma’lumot uchun O’zbekistonning AQSH bilan tovarlar tashqi savdosi so’nggi 6 yilda 48 foizga , joriy yilning 8 oyida esa 64 foizga o’sgan. Bugungi kundagi salohiyat va imkoniyatlardan kelib chiqadigan bo’lsak, bu raqamlar kelajakda yanada oshishi kutimoqda.

Tashrif davomida O’zbekiston delegatsiyasi AQSHning Milliy targetlash markazi, Kinologiya akademiaysi, Texasdagi San-Antonio xalqaro aeroporti, Laredo shahridagi “World Trade Bridge “ avto chegara bojxona posti, “Texas-Meksika” xalqaro temiryo’l o’tkazish punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing