O‘zbekiston ayollar terma jamoasi CAFA-2025da kumush medalni qo‘lga kiritdi
Sport
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan CAFA-2025 chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu terma jamoaning ushbu turnirdagi to‘rtinchi vitse-chempionligi bo‘ldi. Toshkentga qaytgan sportchi qizlar ehtirom bilan kutib olinib, ayollar futzalini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.
Bugun, 19 fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Dushanbe shahrida o‘tayotgan CAFA-2025 chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati, jurnalistlar, sportchilarning yaqinlari va jamoatchilik vakillari ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Farrux Zokirovning aytishicha, turnirdagi ishtirok may oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi va jahon chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rishning muhim bosqichi bo‘ldi.
"Biz uchun nafaqat natija, balki tajriba ham muhim. Biz to‘rtinchi marta CAFA vitse-chempioni bo‘ldik. Keyingi safar shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilamiz, degan umiddamiz," - dedi Zokirov.
Dushanbedagi chiqish yangi marralarni zabt etish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi va o‘zbekistonlik futzalchilar xalqaro maydonda oltin uchun kurashni davom ettirish niyatida.

Powered by Froala Editor